Kunlardan bir kuni, Samarqand shahrida Davron ismli yigit bo'lgan ekan. U dunyo bo'ylab sayohat qilishni va turli xil madaniyatdagi insonlari bilan suhbat qilishni orzu qilar ekan. Global til sifatida unga ingliz tili, maqsadlariga erishishda juda kerak edi. Biroq, uning yo'lida bir to'siq turar edi - noto'g'ri talaffus.

Davron ingliz tilini darsliklar, internet-resurslar va repetitorlar orqali o'rganar edi, ammo u hech qachon talaffuziga tegishli bo’lgan ko’nikmalar olmagan edi. Shu sababli, u ingliz tilida gapirishga qiynalar edi. Ko'pincha u gapirganda, uning so'zlarini no'tog'ri tushunishar va bu Davronni umidsizlikka tushirar edi.

Bunday holatlardan biri ish uchun olinadigan intervyu paytida yuz berdi. Davron puxta tayyorgarlik ko'rdi, rezyumega o'z mahorati va tajribasini kiritib chiqdi. Biroq, suhbatga kelganda, uning talaffuzdagi muammolari rezyumedagi ma'lumotlarga qarshi ta'sir ko'rsatdi. U so'zlarni aytishda qoqilib, iboralarni noto'g'ri talaffuz qilardi va har bir xatodan so'ng o'ziga bo'lgan ishonch susayotganini his qilardi. Bu uni tushkunlikka uchratgan tajriba edi, chunki talaffuz muammolari tufayli u o'zining professionalligini isbotlay olmadi.

Yana bir ajralib turuvchi vaziyatlardan biri, bu Davronni Xalqaro konferensiyada qatnashishi edi. U nufuzli ma'ruzachilar va butun dunyodan kelgan qatnashuvchilar bilan bir xonada bo'lib qoldi, Ular bilan hayolidagi qimmatbaho rejalarni ulashishni xohlashiga qaramasdan, o'z talaffuzidan uyalganligi sababli gapira olmasdi. U qolganlar naqadar ishonch bilan o'z nutqini aniq va chiroyli so'zlayotganini kuzatar edi, o'zi esa bu payt fikrini zo'rg'a jamlar edi.

Davronni hayolidan, noto'g'ri talaffuz oqibatida uyalganligi chiqmas edi. U talaffuz bilan bog'liq muammolar tufayli uning til ko'nikmalari orqa o'ringa tushib qolganini tushundi, bu esa o'zini to'liq ifoda etish va boshqa odamlar bilan aloqa o'rnatishga to'sqinlik qilar edi.

Ushbu holatlardan so'ng Davron ixtisoslashtirilgan kursga yozildi va inglizcha talaffuzning nozik tomonlarini o'rganishni boshladi. U aniq muloqot uchun muhim bo'lgan tovushlar, urg'ular va intonatsiyalar haqida bilib oldi. Har bir darsda u, talaffuz - gapni ma'noli va tushunarli bo'lishiga katta ta'sir ko'rsatishini tushunib borar edi.

Davron astoydil harakat qilar ekan, asta-sekin o'zgarishni sezdi. Uning talaffuzi aniqroq bo'ldi va u so'zlarni ona tilida so'zlashuvchilar kabi talaffuz qila boshladi. U atrofdagilarning ijobiy munosabatini ko'rib, xursand bo'ldi, chunki ular uni osonlikcha tushunishar edi.

Davron o'ziga ishonch his qilishni boshladi va ingliz tilida so'zlashuvchilar bilan suhbatga kirishga qaror qildi. U odamlar bilan muloqot paytida, unga nisbatan qiziqish oshganini ko'rib hayratlandi. odamlar uning g'oyalarini qiziqish bilan eshitar edi. U endi so'zlarini qayta-qayta takrorlamas edi, suhbat ham yengil va tushunarli o'tar edi,

Davron asosiy xulosaga keldi! To'g'ri talaffuz va urg'u o'ziga ishonch bag'ishlaydi va atrofdagi odamlar diqqat bilan tinglashni va qiziqishni boshlaydilar, noto'g'ri talaffuz esa, aksincha, uyalish va siqilishga olib keladi, chunki har doim fikrni " Men bu so'zni to'g'ri talaffuz qilamanmi? Suhbatdosh meni tushunadimi? Qanday qilib tezroq gapirishim , ammo native speaker kabi so'zlashim mumkin?» kabi o'y-hayollar jamlab oladi.

Davron - o'ylab topilgan personaj deb o'ylagandirsiz? Yo'q! Davron bizning onlayn talaffuz kursimiz talabalaridan biridir. Va bu voqeaning hammasi - haqiqat!

Davron o'z talaffuzini qanday yaxshilaganini bilmoqchimisiz? Qanday texnikalarni qo'llagan? Qanday amaliyot qilgani va uning yo'lini qanday takrorlash mumkinligini bilmoqchimisiz? Pastdagi tugmani bosing va «Ingliz tilidagi talaffuzni qanday yaxshilash va native speakedek so'zlash mumkin» bepul chek-ro'yxatini o'rganib chiqing.
Made on
Tilda